Prokuratura organlari jamiyatda huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish, tizim faoliyatiga oshkoralik berish, jamoatchilik bilan aloqalarni ta’minlash bo‘yicha izchil ishlarni amalga oshirmoqda.

2022 yil davomida 146 ming 354 qonunchilik targ‘iboti tadbirlari amalga oshirildi. Shundan 45 mingdan ortig‘ini ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar tashkil qilgan.

Ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, internet tarmoqlarida chiqayotgan tanqidiy maqolalar doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda va o‘rganish natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, prokuratura organlari aralashuvini talab qiladigan 650 dan ortiq tanqidiy maqola aniqlanib, ular yuzasidan tegishli bayonotlar berilgan. Tanqidiy maqolalarni o‘rganish natijasida 248 nafar fuqaroning huquqlari tiklangan.

Xalq oldida hisobot berib borish hamda jamoatchilikka xolis axborot yetkazish maqsadida xalq deputatlari kengashlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga qonuniylik ahvoli haqida mingdan ortiq axborot va hisobot berilgan.

Prokuratura organlari tomonidan internet ijtimoiy tarmog‘idagi chiqishlarga asosiy e’tibor qaratilib, Bosh prokuraturaning rasmiy saytida jami 2 ming 770 ma’lumot, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda 8 ming 691  xabar, yangilik, videorolik va infografikalar joylashtirilgan.

 

O‘zA