Assalomu alaykum! Kunning eng muhim xabari haqida “Kun mavzusi” orqali tanishing!

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda respublika hududlari bo‘ylab qishki ta’tilning 18 yanvarga qadar uzaytirilib, bu xabarning rasman e’lon qilingani yuzasidan ma’lumotlar tarqaldi. Unga ko‘ra, respublikaning Jizzax va Samarqand viloyatidan tashqari barcha viloyatlarning 18 yanvar sanasidan boshlab maktab, bog‘cha va oliy ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini boshlashi, yana boshqa xabarlarda esa hatto ta’tilning 30  yanvarga qadar uzaytirilgani qayd etilgan.

Bir ozdan so‘ng ushbu ma’lumotlarning asossiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu yuzasidan hokimliklar o‘z rasmiy saytlari orqali aniq ma’lumot bera boshladi. Kun mavzusi orqali bu haqda xabardor bo‘ling.