Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar, Ukrainadagi vaziyat va Suriya inqirozini muhokama qildi. Bu haqda Turkiya rahbariyati ma’muriyatining matbuot xizmati xabar berdi.
“Putin va Erdog‘an Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar, xususan, energetika hamda mintaqaviy masalalarni ko‘rib chiqishdi”, deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, Rossiya – Ukraina mavzusi va Suriya inqirozi atroflicha muhokama qilingan.
“Erdog‘an Turkiya bilan chegaradosh hududlarni, xususan Tel-Rifat va Manbijadan barcha terror tashkilotlaridan tozalash zaruriyati bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rishga chaqirdi. Shuningdek, Suriyada aniq natijalarga erishish uchun rejim konstruktiv bo‘lishi va siyosiy jarayonda ba’zi qadamlarni qo‘yish kerakligini”, ta’kidladi.
O‘zA