Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari o‘ttiz to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Umurzoqov, Bosh vazir A.Aripov, Oliy Majlisi Senati a’zolari, sektorlar va soha rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisini saylash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Kaxraman Ramatullayevich Sariyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga shu kunga qadar Xorazm viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Farxod Urazbayevich Ermanov nomzodi  tavsiya etildi va tarjimai holi bilan tanishtirildi.

Deputatlar Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatladi.

Sessiyada Farxod Urazbayevich Ermanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi etib saylandi.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbayev ishtirok etdi.

O‘zA