G20 mamlakatlari yadro qurolini ishlatish yoki uni qo‘llash tahdidiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlashdi, deb yozmoqda Financial Times gazetasi uchrashuv yakuni bo‘yicha tayyorlanayotgan kommyunike loyihasiga tayanib.
“Yadro qurolidan foydalanish yoki qo‘llash tahdidiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, – deyiladi kommyunike loyihasida.
Shuningdek, mazkur hujjat loyihasida mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish, inqirozlarni bartaraf qilish uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirish, diplomatiya va muloqotlar olib borish hayotiy muhim ekani keltirilgan.