Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdollaxiyan Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel bilan telefon muloqoti qildi. Bu haqda Eron TIV matbuot xizmati xabar berdi.

“Suhbat chog‘ida Abdollaxiyan va Borrel sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish hamda MAGATE va Eron o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi”, deyiladi bayonotda.

Avvalroq Eron TIV rasmiy vakili Nosir Kanani Chafi MAGATE delegatsiyasi Tehronga tashrifi tasdiqlanganini xabar bergandi.

 

O‘zA