Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashinining majlisiga mehmon sifatida taklif etilgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov 15 sentyabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Turkmaniston yetakchisi SHHT sammiti doirasida tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq uchrashuvlarda qatnashadi.

A.MUSAEV,
O‘zA