Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlarining BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasidagi mintaqaviy hamkorlik mavzusida yuqori darajadagi xalqaro konferensiya boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan BMT terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanning tantanali ochilish marosimida dastlab davlatimiz rahbarining konferensiya ishtirokchilariga murojaatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Mahmudov o‘qib eshittirdi.

Shundan so‘ng Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish xalqaro anjuman qatnashchilariga videomurojaat yo‘lladi.

Ayni paytda BMT Bosh kotibi o‘rinbosari – Kontrterror boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov ma’ruza qilyapti.

G‘.Xonnazarov,
N.Haydarov (foto) O‘zA