BMT Inson huquqlari Kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Bosh prokuraturaga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev BMT maxsus ma’ruzachisi Fionulla Ni Aolayn bilan prokuratura organlarining funksiyasi va vazifalari haqida suhbatlashdi.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Maxsus ma’ruzachi tomonidan O‘zbekistonda sud-huquq sohasida va fuqarolarning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlashda amalga oshirilayotgan islohotlar ijobiy baholandi.
Davlat rahbari tomonidan ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan tizimli va izchil chora-tadbirlarga yuqori baho berildi.
Uchrashuv ikki tomonlama konstruktiv muloqot va o‘zaro anglashuv ruhida o‘tdi.
N.Abduraimova, O‘zA