MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev O‘zbekistonda saylov ochiq-oshkoralik tamoyillari asosida o‘tgani, kuzatuvchilar hech qanday to‘siqqa duch kelmaganini ma’lum qildi.

“Sergey Lebedev o‘zi rahbarlik qilayotgan MDH kuzatuvchilari yakshanba kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan Prezident saylovida hech bir qonunbuzarlikni kuzatmaganini ma’lum qildi, deb yozadi TASS.

“Umuman olganda, ijobiy fikrdamiz, barchasi yaxshi o‘tmoqda. Saylovchilar ishtiroki ham yuqori darajada. Hozircha birorta qonunbuzarlikni uchratmadik. Biz mahalliy kuzatuvchilardan ham shikoyatlar bo‘ldimi, deb so‘radik, ular yo‘q deb javob berishdi”, – deydi S.Lebedev.

Ekspert ushbu tendensiya kun oxirigacha saqlanib qolishiga umid bildirib, bu ovoz berish jarayoni munosib o‘tishiga kafolat bo‘lishini ta’kidlagan.

“Shaxsiy tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, qandaydir texnik kamchiliklar bo‘lishi mumkin, lekin biz hozir ko‘rib turgan ovoz berish jarayoni bunday texnik kamchiliklar juda oz bo‘lishidan dalolat bermoqda. Umid qilamizki, ular saylov yakunlariga ta’sir qilmaydi”, – degan MDH kuzatuvchilar missiyasi rahbari.

“Chin dildan aytishim mumkinki, saylovlar ochiq o‘tmoqda. Kuzatuvchilarimiz o‘z ishini hech bir to‘siqsiz ado etmoqda, aksincha ularga har joyda yordam ko‘rsatilmoqda, qo‘llab-quvvatlanmoqda. Saylov jarayoni bilan band bo‘lgan barcha tuzilmalarning xonalari kuzatuvchilar uchun ochiq bo‘ldi”, – deydi Lebedev.

Shuningdek, u saylovning demokratik tamoyillar asosida o‘tayotganiga shubha yo‘qligi, chunki unda beshta nomzod ishtirok etayotgani, ular yaxshi dasturlarni ilgari surganini ham ayib o‘tgan.

 

Saidmurod Rahimov, O‘zA