Xitoyning Qozoq avtonom okrugi hududida quyosh batareyalaridan quvvat olib harakatlanadigan mototsikl va motorollerlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Uning bir necha modellari bo‘lib, ayniqsa 500 kilogrammgacha yuk tashishga mo‘ljallangan motorollerlari ommabop chiqib qoldi. U ikki soat quyosh nuri ostida tursa 10 kilovatt quvvat yig‘adi. Bu esa 150 kilometr harakatlanishga yetadi. Bunday motorollerlar yukxona tomiga quyosh batareyalari o‘rnatilgan xolos. Boshqarish juda yengil, tezlikni soatigi 50 kilometrgacha yetkazish mumkin.

Qizig‘i shundaki, bunday quyosh motorollerlariga amerikalik xaridorlar juda katta miqdorda buyurtma bergan. Shundan so‘ng yuk tashuvchi quyosh motorollerlari narxi oshirilib, bir donasi 1 ming AQSH dollariga ko‘tarilgan.

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), O‘zA