Joriy yilning 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «metan» gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish ko‘zda tutilgan qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda 2023 yil 15 sentyabrdagi 475-sonli qarorining 7-bandiga asosan kiritilgan uning eng baland chakana narxi 2024 yil 1 avgustgacha bir kub metr uchun 3750 so‘m qilib belgilanmoqda.

Ya’ni, 1 iyundan e’tiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 2024 yil 1 aprelgacha 3250 so‘m, 2024 yil 1 iyungacha esa 3350 so‘m edi).

Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA