Bir hafta davomida Suriyadagi uylariga qaytganlar soni 1 ming 900 nafardan ziyodni tashkil qilmoqda, deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy nashri hisoblangan “Krasnaya zvezda” gazetasidagi maqolada.

Ma’lumot infografika ko‘rinishida keltirilgan bo‘lib, ushbu vaqt davomida 402 nafar Suriya fuqarosiga tibbiy yordam ko‘rsatilgani (66 nafari bolalar) qayd etilgan. Hafta davomida o‘tkazilgan uchta gumanitar yordam aksiyasida aholiga 8 tonnaga yaqin oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.

Ayni paytda yarashtirish jarayoniga 2 ming 325 ta aholi punktlari kiritilgan. Xabarda keltirilishicha, Sheniya, Zaafaran, El-Vosit, Shasmin, Al-Abudiya va Tarfavi shaharlari ham tinchlik sulhi ro‘yxatga kiritilgan. Ushbu jarayonda 50 ta qurol-yarog‘ musodara qilinib, 88 ta portlovchi qurilma va 15 ta tankka qarshi minalar zararsizlantirilgan.

 

O‘zA