Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 avgust kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Bog‘da manzarali daraxtlar va gullar ekilib, so‘lim hududlar barpo etilmoqda. Bayram tadbirlari o‘tkazish uchun 5 ming o‘rinli ochiq amfiteatr qurilmoqda.
Davlatimiz rahbariga ushbu amfiteatrda bo‘lajak qulayliklar haqida ma’lumot berildi.
«Istiqlol» majmuasining asosi tiklanib, qurish va pardozlash ishlari davom ettirilmoqda. Unda O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixi, ajdodlarimizning buyuk merosi, xalqimizning milliy qadriyatlari o‘z ifodasini topadi.
Prezidentimiz ushbu majmuadan o‘rin oladigan barelef va bezak namunalari bilan tanishdi. Mutasaddi va quruvchilarga o‘z tavsiyalarini berdi.