Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yil oxiriga qadar hududlar va tarmoqlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha aniq choralarni belgilashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida axborot bergan edik.

Videoselektor yig‘ilishi chog‘ida davlatimiz rahbariga O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining ikkinchi oltin medali to‘g‘risida xabar berildi. Davlatimiz rahbari barcha hamyurtlarimizni va jamoamizga ikkinchi oltin medalini keltirgan og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayevni, shuningdek, avvalroq olimpiya chempioniga aylangan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bronza medali sohibi Davlat Bobonovni tabrikladi.