Prezident biznes vakillari bilan tashkil etilishi kutilayotgan ochiq muloqot haqida ham ma’lumot berdi.
bugungi kunga qadar respublika shtabiga tadbirkorlardan 10 mingdan ortiq taklif va mulohazalar kelib tushdi. Jumladan, Toshkent shahridan – 1 ming 150, Toshkent viloyati – 950, Qashqadaryo – 930, Surxondaryo – 920, Samarqand – 900, Andijon – 880, Namangan – 850, Farg‘ona – 820, Buxoro – 740, Xorazm – 680, Jizzax – 560, Sirdaryo – 470, Navoiy – 345 va Qoraqalpog‘istondan – 420 murojaat yo‘llangan.
Ularda ko‘tarilgan masalalarning 8 mingdan ortig‘i yoki 86 foizi shaxsiy masalalarga oid bo‘lib, hozirgi kungacha ularning yarmi joylarda hal etildi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston – 41 foiz, Andijon – 32 foiz, Buxoroda – 36 foiz, Jizzaxda – 36 foiz, Qashqadaryo – 34 foiz, Navoiy – 33 foiz, Namangan – 33 foiz, Samarqand – 32 foiz, Surxondaryo – 41 foiz, Sirdaryo – 37 foiz, Toshkent – 32 foiz, Farg‘ona – 39 foiz, Xorazm – 35 foiz va Toshkent shahrida – 21 foiz murojaatlar hal qilingan.
– Shunday bo‘lsada, “Koll markazlar”ga kuniga mingtagacha murojaat kelib tushmoqda. Shu sababli, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar bo‘yicha qamrovni yanada kengaytirish maqsadida, murojaatlarni qabul qilish 10 avgustga qadar davom etadi. Hech bir murojaat o‘z holiga tashlab qo‘yilmasligi, Bosh vazir virtual qabulxonasida elektron ro‘yxatga olinishi va nazorat qilinishi kerak, – dedi davlatimiz rahbari.