Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan “Mustaqillikka 30 yil: mustaqil yurt farzandlari” mavzusida bo‘zatovlik faol yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari Sharapat Otemisov istiqlol sharofati bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, mustaqillik sharofati bilan erishgan yutuq va muvaffaqiyatlar, mamlakatimizda kelajagimiz bo‘lgan yoshlarga qaratilayotgan e’tiborga to‘xtaldi. Davlatimiz rahbarining “Yoshlar kuni” munosabati bilan so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyati, yoshlarning kelajak hayotlari uchun o‘qish va o‘z iqtidorlarini namoyish etishdagi imkoniyatlari, ularga yaratilgan sharoitlar, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalari, joriy yilgi siyosiy jarayonlarda ham yoshlarning faolligini oshirish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ayniqsa, yoshlarning puxta bilim olishi, kasb-hunar egallashi, milliy an’ana  va qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol topishi yo‘lida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Tadbirda shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Bo‘zatov tuman bo‘limi boshlig‘i, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Nizamatdin To‘remuratov, “Eng yaxshi yosh olim – 2021” xalqaro tanlov g‘olibi Dao‘let Sarsenboyev keyingi yillarda Prezidentimizning tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlashda mutlaqo yangi tizim yaratilganligi, shuning natijasida ertangi kun egalariga ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor qayd etildi.

Partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan har bir soha bo‘yicha yuqori natijalarga erishib kelayotgan, partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalarini targ‘ib etishdagi faolligi uchun deputatlar va bir guruh yoshlarga tashakkurnomalar topshirildi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA