So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida ham chorvachilikni rivojlantirish, aholini sifatli go‘sht va sut mahsulotlari bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Natijada sohada yaxshi natija ko‘rsatayotgan ilg‘or fermer xo‘jaliklari safi ortmoqda.

Tumandagi «Piyshenbay sharua» fermer xo‘jaligi 2017 yilda tashkil etilgan. Ayni paytda xo‘jalikda 60 bosh qoramol, 40 bosh qo‘y va echki parvarishlanmoqda.

Chorva mollari ozuqa bazasini ta’minlash uchun xo‘jalik tasarrufiga hokimlik tomonidan 16 gektar ekin maydoni va 25 gektar yaylov yerlari ajratilgan. Dala ishlari uchun 2 dona traktor va bir qancha zarur texnikalar mavjud.

Xo‘jalik rahbari Rohat Jiyemuratovning ta’kidlashicha, yaqin kunlarda bank tomonidan beriladigan imtiyozli kredit hisobidan Yevropadan naslli qoramollarni olib kelish hamda parrandachilik va baliqchilik sohalarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Maqsad HABIBULLAEV (surat) O‘zA