Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Nukus shahrida yangidan uchta masjid qurilishi boshlandi.

Masjidlarning qurilish ishlarini boshlash uchun qoziq qoqish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari E.Durdiyev, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati qozisi Sh.Bauaddinov, Nukus shahri hokimi U.Panayev, taniqli ulamolar, nuroniy oqsoqollar va shahar aholisi ishtirok etdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu masjidlar Nukus shahridagi «Qum ovul», «Allaniyaz Qahramon» va «Samanbay» MFYlari hududida quriladi. Shuning bilan Nukusdagi masjidlar soni yettitaga yetadi.

Masjidlarning eskizlari saytda e’lon qilindi.

Ye.Qanoatov, O‘zA