O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali tomonidan muborak Ramazon oyi arafasida xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Jumladan, filial tomonidan Nukus shahridan 40 ta, har bir tumandan 10 tadan, jami 200 ta kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilaga kundalik ehtiyoji uchun 36 million so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti tarqatildi.

– Mazkur xayriya tadbiri muborak Ramazon oyi arafasida o‘tkazilayotgani bilan ham ahamiyatlidir, – deydi «Vaqf» xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Islombek Tajetdinov.

– Ezgulik, saxovat, mehr-shafqat insonlarni qalban yaqinlashtiradi.

Shu kuni Nukus shahar «Qumbiz ovul» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Abdijamil Shukurullayev va Aymurat Xalmuratov holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

 

Dovud Abibullayev,

Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA