Nurafshon shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida viloyatda yerga munosabat og‘riqli masalalardan biri ekanini aytdi.

Toshkent viloyatida nima xalqni qiynaydi? Birinchisi – yerga bo‘lgan munosabat. Chunki talon-torojlik ko‘p, yerning egasi yo‘q. Kim kimga sotayapti – hech kimning ishi yo‘q. Birorta deputat Prezidentga yoki Oliy Majlisga bu haqda so‘rovnoma bilan murojaat qilgani yo‘q.

Toshkent viloyatida yer masalasi hal etilmas ekan, baraka bo‘lmaydi. Shu bois kecha men Qonunchilik palatasi Spikeri, Bosh prokuror, Oliy sud raisi, adliya vaziri va viloyat rahbari bilan maslahatlashdim. Yer masalasida Toshkent viloyati bo‘yicha alohida qonun qabul qilamiz. Bu qonun boshqa viloyatlarga ham asos bo‘ladi.

Yerga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishimiz kerak, – dedi Prezident.

O‘zA