Bugun – 12 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi.
Unda bir qator muhim qonunlar, parlament so‘rovi natijalari, qonunlarning joylardagi ijrosi holati ko‘rib chiqiladi. Xususan, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Ekologik audit to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama markazida bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2020 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi 2020 yil yakuni bo‘yicha axboroti ko‘rib chiqiladi.
Yalpi majlis videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladi.
Nurillo NASRIEV, O‘zA