Xabaringiz bor, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi pandemiya sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni turli xorijiy davlatlarga ishga jalb qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rmoqda.

Ikki kun davomida Rossiyaning “ENKA INSHAAT VE SANAYI ANONIM SHIRKETI” qurilish kompaniyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent-Sankt-Peterburg hamda Toshkent-Qozon yo‘nalishi bo‘yicha 187 nafar fuqarolar charter reys orqali jo‘nab ketdi.

Ularning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda kasal bo‘lsa, davolanishi ish beruvchi kompaniyalar hisobidan bo‘ladi. Shuningdek, oylik ish haqi o‘rtacha 40-50 ming rublni tashkil etishi belgilangan.

Yurtdoshlarimiz belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish ob’ektlarida ish boshlaydi.

O‘zA