XXR raisi Si Szinpin Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen bilan Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Falastin BMTga to‘la huquqli a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, bayonot berdi.

10-may kuni BMT Bosh assambleyasining Falastinni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibiga qabul qilish mavzusida favqulodda maxsus sessiyasi o‘tkazilishi kutilyapti. Falastin hozir BMTda kuzatuvchi maqomiga ega, Isroil esa 1948-yildan buyon tashkilotning teng huquqli a’zosi.

Avvalroq Xavfsizlik Kengashi jurnalistlarga Jazoyirning BMT Bosh Assambleyasidan favqulodda maxsus sessiya o‘tkazishni so‘rashi rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Yig‘ilishda mazkur masalani ko‘rib chiqish tavsiya qilingan rezolyutsiya qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Rezolyutsiya loyihasiga AQSH veto qo‘ygan. Buyuk Britaniya va Shveysariya ovoz berishda betaraf qolgan. XKning boshqa a’zolari mazkur hujjat qabul qilinishini ma’qullagan.

Jazoyirning BMTdagi doimiy vakili Umar Binjama o‘shanda mamlakati Falastinni BMT tarkibiga kirishi bilan bog‘liq masala yuzasidan Kengashga yana murojaat qilishini ma’lum qilgan. Agar tavsiya qabul qilinsa, hujjat ko‘rib chiqish uchun Bosh Assambleyaga taqdim etiladi.

BMT tarkibiga yangi davlat qabul qilinishi uchun Assambleya a’zolarining uchdan ikki qismi rozi bo‘lishi kerak.