Turkiyaning bir necha hududida 2-iyun, yakshanba kuni mahalliy davlat hokimiyati organlariga takroriy saylov bo‘lib o‘tadi. “AzerTAJ” xabariga ko‘ra, bu haqda 6-may kuni Turkiya Oliy saylov komissiyasi (OSK) raisi Ahmet Yener ma’lum qilgan.
OSK 31-mart kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq ovoz berish jarayoniga oid barcha murojaat va shikoyatlarni ko‘rib chiqdi.
– Oqsaroy viloyatining Go‘zalyurt, Sog‘liq, Qaysari viloyatining Pinarboshi, Shonliurfa viloyatining Hilvon, Sivas viloyatining Yulduzeli Gunay qoya, Tunceli viloyatining Mazgirt, Qiriqqal’a viloyatining Lo‘laburgaz tumanlarida takroriy saylov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, – dedi mulozim.
Mart oyidagi saylov natijasiga ko‘ra, 30 yirik shahar munitsipalitetidan 12 tasida hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi nomzodi, 14 tasida Respublika Xalq partiyasi va Xalq birligi tarafdorlari g‘alaba qozongan. Uch hududda Demokratiya, bittasida Yangi farovonlik partiyasi g‘alabaga erishgan.
Saylovchilar faolligi 80 foizdan oshgan.
“Ba’zi mayda hodisalarni hisobga olmaganda, saylov xavfsiz, osoyishta o‘tdi, – deydi OSK raisi. – Ovoz berish natijasi haqida barcha siyosiy kuchlar zudlik bilan xabardor qilindi.