Yuridik klinika

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandiga ko‘ra, agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa ichki hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qo‘shimcha haq, ustama, rag‘batlantirish to‘lovlari shakli va tizimi tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Taksilarga «To‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi ta’sir qiladimi?

– Yo‘q, ta’sir qilmaydi.

3.27. «To‘xtash ta’qiqlangan» yo‘l belgisi bo‘lib, u transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanishini bildiradi.

Ushbu yo‘l belgisi yo‘nalishsiz yengil taksilarga yo‘lovchilarni tushirish-chiqarish (yuklarni ortish-tushirish) vaqtida ta’sir qilmaydi. Bu Vazirlar Mahkamasining 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”da belgilab qo‘yilgan.

Ushbu material TDYUUning “Yuridik klinika”si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi.