AQSH Kongressining uch nafar deputati koronavirusga test topshirganda natijalar ijobiy chiqqan.

Bunga  o‘tgan hafta Kapitoliyga hujum paytida ular ko‘pchilik hamkasblari bilan soatlab bitta xonada qolib ketgani sabab bo‘lgan.

Vakillar palatasidagi demokratlar o‘z safdoshlarining virus yuqtirib olganini mamlakat uchun og‘ir sinov deyishmoqda.

Kadrlar shuni ko‘rsatadiki, ba’zi respublikachilar g‘alayon paytida tibbiy niqob taqmagan. “Punchbowl News” nashrining ma’lumotiga ko‘ra, deyarli barcha respublikachilar ularga taklif qilingan niqoblarni rad etgan.

Shuningdek, kameraga tushib qolgan demokrat Pramila Jayapal xonimning o‘zi ham niqob taqmagani oshkor bo‘ldi.

Tibbiyot vakillari qonun chiqaruvchilar kasallikka chalinayotganidan xavotirda, bu AQSHda koronavirus yuqtirish va o‘lim holatlari tobora ortib borayotgan bir paytda jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.

Darvoqe, AQSH koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni bo‘yicha dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Ayni paytda mamlakatda COVID-19 ga chalinganlar 22,6 million kishidan ortdi, 367 ming odam vafot etgan.