O‘zbekiston va Germaniya munosabatini faollashtirish muhokama qilindi

322

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Germaniya Bundestagi “Germaniya – Markaziy Osiyo” parlament guruhi raisi o‘rinbosari Manfred Grund bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida parlamentlararo aloqani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan holda, o‘zaro munosabatni faollashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida aloqani yo‘lga qo‘yish, mehnat migratsiyasi va ta’lim sohasida qo‘shma dastur, loyihalar ko‘lamini kengaytirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Muzokara kun tartibidan turli daraja va shakldagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga doir masalalar ham o‘rin oldi.