10 yanvar kuni Qirg‘izistonda muddatidan oldin prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, ushbu kunda  mamlakat boshqaruvida  prezidentlik yoki parlamentni tanlash bo‘yicha referendum o‘tkazildi.

Davlat rahbari lavozimiga 17 nomzod davogarlik qildi.

Saylov natijalariga ko‘ra, Sadir Japarov Bishkekda 80 % ovoz to‘plab, Qirg‘izistondagi navbatdan tashqari prezident saylovlarida g‘olib bo‘ldi,  deyiladi “TASS” xabarida.

Saylovlarda blyutenlarning ko‘pligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni tadbirkor  Bobirjan To‘lboyev, uchinchi o‘rinni  Adaxan Madumarovlar egallada.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, saylovlarda ishtirok etish 39,75 foizni tashkil etgan.

Saylov bilan parallel ravishda o‘tkazilgan boshqaruv shakli bo‘yicha referendumda esa, 97,82% saylov uchastkalari ma’lumotlari o‘rganilgan. Natijalarda esa  ovozlarning 80,99% prezidentlik shaklini qo‘llab-quvvatlagani aniqlangan.