O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning “Yil tanlovi”da “Yil odami” aniqlandi.

Yil odami bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada taqdim etilgan nomzodlar ichida hammaga yaxshi tanish bo‘lgan bir nomzodga odamlar ko‘proq ovoz berdi. Chunki bu inson odamlar dardi bilan yashab, ularni qiynayotgan masalalar haqida dadil gapirib, ko‘pchilikning ishonchini qozongan.

Bu, shubhasiz, Rasul Kusherboyev!

Darhaqiqat, bu deputat muammolarga vaqtida e’tibor qaratib, uning yechimini topishga harakat qilishi bilan xalq orasida obro‘ qozongan.

Davlatimiz rahbari ham uning xizmatlarini e’tirof etib “Kusherboyev ko‘pchilikka yoqmaydi, lekin menga yoqadi”, deb aytgan.

R.Kusherboyev monopollarga qarshi kurashish, noqonuniy “snos”larga qarshi kurashish, hokimlarning noqonuniy qarorlariga qarshi kurashish kabi ko‘plab yo‘nalishlarda jasoratli qadamlar tashladi va bunday faol faoliyat davom etmoqda. Odamlar dardiga quloq tutish, ularga ko‘mak ko‘rsatish uning deputatlik faoliyatida yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. U faqat o‘z saylovchilari bilan cheklanib qolmay, butun xalqimizning dardi bilan yashaydi, O‘zbekiston bilan birga nafas oladi.

Shu jihatdan ham Rasul Kusherboyev chin ma’noda “Yil odami”!

Norgul Abduraimova, Oqil G‘ulomov(surat), O‘zA