So‘nggi paytlarda Hindiston Rossiya bilan S-400 havo mudofaasi raketalarini sotib olish bo‘yicha tranzaksiyani ilgari surishni davom ettirmoqda. Bu esa AQSH tomonidan Hindistonga sanksiya kiritilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Hindiston hukumati, Qo‘shma Shtatlar bilan Hindiston o‘rtasidagi uzoq muddatli mudofaa sherikligi uni sanksiyalardan ozod qilishiga umid qilmoqda. Bunga javoban AQSH, sanksiyalar o‘zaro do‘stlik va ittifoqqa putur yetkazishga qaratilmagan bo‘lsa-da, Nyu-Dehli Vashington bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini davom ettirishni xohlaydimi yoki yo‘qmi deb o‘ylab ko‘rishi kerakligini ta’kidladi.
“Sputnik” agentligi xabar berishicha, AQSHning Hindistondagi elchisi Kennet Juster “Sanksiyalar hech qachon o‘zaro hamkorlik va ittifoqchilikka zarar yetkazmaydi”, degan.
“AQSH hukumati Hindiston bilan qo‘shma tadqiqotlar, ishlab chiqarish va mudofaa bo‘yicha bitimlarni amalga oshirishda davom etmoqda va Hindistonga AQSHning juda muhim harbiy uskunalarini taqdim etadi”, deya qo‘shimcha qilgan elchi.