AQSH Kapitoliyiga qilingan hujum tarafdorlarini ayblab yozgan izohidan so‘ng Donald Trampning “Twitter” va “Facebook” dagi akkaunti o‘chirib tashlandi.

Bu haqda mamlakat rasmiylari bayonot berdi.

Prezident ijtimoiy tarmoq orqali barcha namoyishchilarga xabar yo‘llab, ulardan tomoshani bas qilish, uyga qaytishni so‘ragan. Noma so‘ngida u “Men sizlarni sevaman” mazmunidagi jumlani yozgan.

Shuningdek, Tramp saylov soxtalashtirilgani to‘g‘risidagi da’volarni ham qayta-qayta takrorlamoqda.

“Twitter” fuqarolik yaxlitligi orqali siyosatni jiddiy buzganligi uchun uchta tvitni olib tashlashni talab qilgan.

Kompaniya ta’kidlashicha, agar ushbu talab bajarilmasa, prezidentning “@realDonaldTrump” akkaunti bir umrga yopiladi. Demak, AQSH prezidentining “Twitter” dagi faoliyati tugashiga sanoqli kunlar qolgan bo‘lishi mumkin.

Ayni payt “Facebook” janob Trampni 24 soatga “bloklagan”. E’tiborli jihati, “YouTube” ham unga tegishli barcha videolarni olib tashladi.

“Facebook” ushbu harakat orqali hozir davom etayotgan zo‘ravonlik xavfini kamaytirish emas, balki bartaraf etishga hissa qo‘shmoqchi.

Qolaversa, zo‘ravonlik Kongressda demokrat Jo Baydenning saylovdagi g‘olibligi bilan bog‘liq munozaralarni to‘xtatdi.

Vakillar Palatasi va Senat palatalarida respublikachilar noyabr oyidagi saylov natijalarini sertifikatlashtirishga qarshi chiqishdi.

Behro‘z XUDOYBERDIEV, O‘zA