AQSH kongressi mamlakat prezidenti etib Jozef Bayden saylanganini rasman tasdiqladi. Ushbu qarorga Donald Tramp tarafdorlari Vashingtonda namoyishga chiqib, Kongress qarorgohi – Kapitoliy yonidagi maydonda ommaviy tartibsizlik keltirib chiqargan bir vaqtda bo‘lib o‘tgan muhokama chog‘i kelindi.

Xabarlarda aytilishicha, namoyishchilarning bir qismi Kapitoliy binosi ichiga kirib borgan. O‘tochar quroldan uzilgan o‘qdan ayol kishi halok bo‘lgan. Voqea davomida yana uch kishi qurbon bo‘lgani, lekin ularning o‘limiga tartibsizlik sabab bo‘lmagani ta’kidlanyapti.

Saylovchilar ovozining kongress tomonidan tasdiqlanishi prezident saylovi bo‘yicha bahs-munozaralarga yakuniy nuqta qo‘yadi. Endi hech bir tarafda konstitutsiyaga tayanib da’vo qo‘zg‘atish huquqi qolmadi. Bu esa demokrat Jo Bayden AQSH prezidenti saylovida uzil-kesil g‘alaba qildi, degani.