Ikki mamlakat harbiy havo kuchlari har yilgi dekabr mashqlarini koronavirus pandemiyasi tufayli qisqartirilgan shaklda o‘tkazdi, deb xabar qildi Ryonxap axborot agentligi harbiy manbalarga tayanib.
Xabarga ko‘ra, ittifoqchilar 7 dekabrdan 11 dekabrgacha F-15K va KF-16 jangovar samolyotlari ishtirokida mashqlar o‘tkazgan, AQSH tomonidan F-16 samolyotlari qatnashgan.
“Bu ittifoqchilar qo‘shma harbiy samolyotlar mashg‘ulotini bajarishga tayyorligini tekshirish uchun o‘tkazilgan odatdagi mashqlardir”, – dedi agentlikka harbiy havo kuchlari zobiti.
Ilgari har yili dekabr oyida AQSH va Janubiy Koreya harbiy havo kuchlari Vigilant Ace deb nomlangan yirik harbiy o‘quv-mashqlarini o‘tkazib kelardi. 2017 yilgi mashqlar avvalgi yillardagiga qaraganda eng yirigi bo‘ldi. O‘shanda qariyb 230 ta samolyot mashqlarda ishtirok etgandi.
O‘zA