“Eurasia Group” konsalting kompaniyasi 2021 yilda Xalqaro maydonda duch kelinishi mumkin bo‘lgan eng katta 10 ta xavfni taqdim etdi.

2021 yil xalqaro vaziyatni izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan asosiy xatarlar Amerika prezident saylovlari fonida “Amerikaning bo‘linishi», «Global kiber-mojarolarning yuqori ehtimoliligi», «Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yakdillikning yo‘qolishi» va “Angela Merkelning Germaniya kansleri lavozimidan ketishi» kabilar deb ma’lumot keltirmoqda eurasiagroup.net veb sayti.

«Amerikaning bo‘linishi» nomi bilan ataluvchi xatar tahdidi reytingda birinchi qatorni egalladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Jo Bayden prezidentligi davri boshlarida AQSH fuqarolarining taxminan yarmi davlat rahbarini noqonuniy deb hisoblaydigan davr boshlanadi.

AQSHning amaldagi prezidenti Donald Trampning saylov natijalarini tan olishdan bosh tortishi Amerika tarixidagi noyob va kutilmagan harakat bo‘lib, Amerikaning ikkiga bo‘linishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kompaniya vakillarining fikriga ko‘ra, Bayden “AQSHning xalqaro ishlarda yetakchilikni tiklashga harakat qiladi», ammo «qutblanish va ichki inqirozlarga bardosh bera olmaslik» mamlakat fuqarolarini «yangi umidlarni uyg‘otish»ga ishontira olmasligi tobora aniqlashib boradi.

Tahlilchilar nuqtai nazaridan ikkinchi eng muhim bo‘lgan xavf-xatar, bu – uzoq davom etadigan COVID-19 pandemiyasi. Hozirda davom etayotgan pandemiya nafaqat insonlar hayotiga, balki siyosiy barqarorlik va global iqtisodiyotga ham tahdid solayapti. Vaksinalarning tarqatilishidagi korrupsiya va yonbosishlar nafaqat mamlakatlar ichida, balki davlatlar orasida ham boy va kambag‘allarning bo‘linishga olib keladi. Bu ko‘plab mamlakatlarda tartibsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Koronavirus nafaqat inson hayotiga, balki siyosiy barqarorlikka va global iqtisodiyotga ham tahdid soladi. Bundan tashqari, pandemiya «katta qarz yuki, ish joylarini yo‘qotish va davlat boshqaruvida xalq ishonchini yo‘qotishi mumkinligi alohida inobatga olingan.

“Eurasia Group” kompaniyasining ekspertlari iqlim o‘zgarishiga oid global hamkorlikni xalqaro raqobat maydoniga aylanishini ta’kidlab, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni 3-o‘rindagi xatarlar reytingga kiritdi.

Joriy yilning eng xavfli tahdidlar to‘rtinchi o‘rinini AQSH va Xitoy o‘rtasidagi tobora kuchayib borayotgan ziddiyat egalladi. Ushbu munosabatlar «vaksinaviy diplomatiya», iqlim va texnologiyalar bo‘yicha raqobat va boshqa sohalardagi uzoq yillik kelishmovchiliklar bilan murakkablashishda davom etadi.

2021 yildagi xavf-xatar reytingdagi beshinchi va oltinchi o‘rinlarni «raqamli tahdidlar» egallamoqda. Shaxsiy ma’lumotlarning bir mamlakatdan boshqasiga erkin o‘tishini to‘xtatish orqali ommabop dasturlarga to‘sqinlik qilinishi sustlashadi, internet foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlariga har kim kira olishi huquqi kengayishi ortidan, hukumatlar ochiq global internet reglamentini buzishi mumkin. Global kiber-mojaro misli ko‘rilmagan texnologik va geosiyosiy xatarlarni keltirib chiqarishi mumkinligini hisobga olinayapti.

Yilning asosiy xatarlari qatoriga tahlilchilar Turkiya iqtisodiyotidagi muammolarni ham kiritishdi, shu tufayli Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning mavqei yomonlashadi va u millatchilik tuyg‘ularini kuchaytirish uchun «tashqi siyosatdagi sarguzashtlarga» aralashadi; Yaqin Sharqdagi iqtisodiyotning zaiflashishi – neftning past narxlari tufayli ko‘plab hukumatlar xarajatlarni kamaytiradi, pandemiya tufayli shunday ham zaiflashgan xususiy sektorlarga katta zarar yetadi va ishsizlikni ko‘paytiradi.

Xalqaro muammolarga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan Germaniya kansleri Angela Merkelning iste’fosi sabab dunyo mamlakatlarida munosabatlar tartibi o‘zgaradi.

Lotin Amerikasidagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy inqirozlar ba’zi mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan saylovlarning tan olinmasligi hamda pandemiya sababli iqtisodiyoti sustlashgan davlatlarda, noroziliklar avj oladi.

Shuningdek, Mazkur kompaniya ekspertlari, shuningdek, xalqaro maydonda 2021 yilda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir nechta «chalg‘ituvchi manevralarni» aniqladilar. Ulardan ayrimlari ommaviy axborot vositalarida faol yoritilgan, ammo «yangi yilda sezilarli xavf tug‘dirishi yoki beqarorlikni keltirib chiqarishi mumkin emas», deb qaralayotgan masalalardir.

 

Shuhrat Ne’matov, O‘zA