Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp o‘zidan keyingi prezident, saylovda g‘olib bo‘lgan Jo Baydenga Oq uyni topshirishdan “bosh tortdi”.
Bu haqda u Jorjiya shtatidagi Dalton shahrida o‘z tarafdorlari bilan o‘tkazgan uchrashuvda so‘z yuritgan.
Uning chiqishi “WJCL News”ning YouTube kanalida translyatsiya qilingan.
Tramp agar demokratlar Senat va Oq uyni egallab olishga urinishsa, prezidentlik uchun “jon-jahdi” bilan kurashishga va’da bergan.
“Mag‘lub bo‘lib, buni tan olish mumkin aslida. Lekin katta farq bilan g‘alaba qozona turib, sendan g‘oliblikni tortib olishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, dedi Tramp.