Bunda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan reja, maqsad va vazifalar e’lon qilinadi. Yil yakunlari sarhisob qilinib, kelgusidagi barcha sohalarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar belgilanadi.
Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaati yakunlandi.
Unda Davlat dasturi doirasida bajarilgan ishlar, rejalar, galdagi ustuvor vazifalar xususida ma’lumot berildi.
Murojaatnomaning to‘liq shakli tez orada uza.uz saytida e’lon qilinadi.