Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.
Davlatimiz rahbarining ta’kidlashicha, hududlarda xususiy maktablar faoliyatini rag‘batlantirish uchun byudjetdan subsidiyalar ajratiladi. Yoshlarning iqtidori va salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan uzluksiz tizim yaratiladi va kelgusida yurtimizda 10 ta Prezident maktabi, kimyo, biologiya, matematika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 197 ta maktab o‘z faoliyatini boshlaydi.
Iqtidorli o‘g‘il-qizlarning yuqori texnologiyalar va zamonaviy bilimlarni chuqur o‘zlashtirishga keng sharoit yaratish hamda raqobatbardosh milliy kadrlarni tayyorlash maqsadida Toshkent shahrida alohida yangi universitet tashkil etiladi.