2021 yilda 900 nafar chin yetim yoshlarni uy-joy bilan ta’minlashga birinchi marta byudjetdan 50 milliard so‘m ajratiladi.
Bu haqda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida aytib o‘tdi.
— O‘zbekistonda alohida e’tiborga muhtoj, 18 yoshgacha bo‘lgan 150 ming nafar bola bor, – dedi davlatimiz rahbari. – Umuman, bunday ezgu ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish uchun Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondini tashkil etib, unga byudjetdan 100 milliard so‘m yo‘naltirsak, o‘ylaymanki, sizlar ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaysiz. Bu mablag‘lar yil davomida ko‘paytirib boriladi.