Bugun Adliya vazirligida “Pandemiya 2020: chaqiriqlar, xulosalar, oqibatlar” tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi.

Tanlovda ommaviy axborot vositalarida faoliyat yurituvchi jurnalistlar, erkin jurnalistlar, blogerlar, jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Vazirlik o‘tkazayotgan tanlovga 2020 yilning 30 noyabr kuni soat 24:00 ga qadar 69 nafar ishtirokchidan 461 ta material kelib tushgan. Ular orasida eng saralari bugun taqdirlandi. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Anora Sodiqova ham eng yaxshi blogpost uchun taqdirlandi.

I. Pandemiya davrida eng yaxshi jurnalistik material uchun

1-o‘rin — Asror Muminov (matbuot)
2-o‘rin — Yulduz Olimova (televideniye)
3-o‘rin — Dildora Matyoqubova (radio)

II. Pandemiya davrida eng yaxshi blogpost

1-o‘rin — Anora Sodiqova
2-o‘rin — Obidjon Latipov
3-o‘rin — Baxodir Axmedov

G‘oliblar homiylar tomonidan ajratilgan quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin – noutbuk;
2-o‘rin – planshet;
3-o‘rin – televizor.

“Adliya e’tirofi” nominatsiyasida “Gazeta.o‘z” axborot sayti g‘olib deb topildi.