2021 yil 1 yanvardan boshlab “ATTO” operatori tomonidan taqdim etiladigan imtiyozli (talaba, ijtimoiy, o‘quvchi) transport kartalarini Toshkent shahridagi 70 ta oylik yo‘l chiptalari sotish shahobchasidan kerakli hujjatlarni taqdim etgan holda bepul olish mumkin. Bunda faqatgina tarif uchun to‘lovni amalga oshirish lozim bo‘ladi.

“Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, elektron oylik yo‘l chiptalari yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida yanvar oyi uchun avtomatik tarzda 30 kunlik tarif bilan taqdim etiladi.

 

O‘zA