Turkiya Respublikasiga sayohat qilish yoki ish yuzasidan yo‘l olish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar uchun “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan muhim bir xabar tarqatildi.

28 dekabrdan boshlab Turkiyaga boradigan xorijliklar uchun yangi talablar kuchga kiradi. Ushbu mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi havo qatnovi orqali chet ellardan respublikaga kelayotgan yo‘lovchilar endi o‘zlari bilan “COVID-19”ga “PSR SARS-COV-2” uslubida test topshirilgani to‘g‘risidagi, xorij fuqarosi Turkiya davlat chegarasini kesib o‘tayotgan paytda olinganiga 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan amaldagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari shart.

Manfiy ko‘rsatkichli “PSR-test SARS-COV-2” natijasini taqdim etmagan yo‘lovchilar chegaradan o‘tilayotganda ko‘rsatiladigan manzil (uy yoki mehmonxona)da majburiy 7 kunlik karantinga joylashtiriladi. Mabodo fuqaro Turkiyada vaqtincha yashaydigan manzilini ko‘rsatmagan bo‘lsa, u mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan karantin hududiga yuboriladi.

7 kunlik karantindan keyin olingan “PSR-test SARS-COV-2” tahlilida musbat natija qayd etilganlar Turkiya SSVning “SOVID-19” munosabati bilan joriy etilgan amaldagi tegishli qoidalari asosida davolanadilar.

Ushbu choralar 2021 yilning 1 martigacha amal qiladi.

O‘zA