Qish faslida dala yumushlaridan biroz tin olgan qishloq xo‘jaligi xodimlari texnika ta’miri ishlari bilan mashg‘ul.

Xalqimizda “Texnika – dehqonning qanoti”, deb bejizga aytilmagan. Ya’ni, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sozligi yangi mavsumda ekish ishlarining vaqtida va samarali tashkil etilishini ta’minlaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Alg‘abas” va “Beruniy” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi mashina-traktor parklarida ayni kunlarda yer egalari mavjud qishloq xo‘jaligi texnikalarini ko‘rikdan o‘tkazish, ularni joriy ta’mirlash ishlari bilan mashg‘ul. Texnikalar uchun zarur ehtiyot qismlar mutasaddilar tomonidan yetkazib berilmoqda.

  Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA