Yevropa chempionlar ligasi musobaqasi joriy etilgandan to bugungi kunga qadar eng koʻp gol urgan futbolchilar reytingi eʼlon qilindi.
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida 130 gol urgan holda mazkur reytingning eng yuqori pogʻonasidan joy oldi. Argentinalik Lionel Messi 116 ta gol bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Shuningdek, ushbu nufuzli musobaqada raqiblar darvozasini 71 marotaba ishgʻol etgan ispaniyalik Raul Gonsales faoliyatini yakunlagan boʻlsa-da hamon uchinchi pogʻonadan oʻrin egallab kelmoqda.
Quyida YECHL tarixida eng koʻp gol urgan 10 ta futbolchi roʻyxati bilan tanishasiz:
1. Krishtianu Ronaldu – 130ta gol
2. Lionel Messi – 116ta gol
3. Raul Gonsales – 71ta gol
4. Robert Levandovski – 68 ta gol
5. Karim Benzema – 65 ta gol
6. Ruud van Nistelroy – 56 ta gol
7. Tyerri Anri – 50 ta gol
8. Andrey Shevchenko – 48 ta gol
9. Zlatan Ibragimovich – 48 ta gol
10. Filippo Inzagi – 4 6ta gol
Maʼlumot uchun, ushbu reytingdan oʻrin olgan bir qator futbolchilar faoliyatini yakunlagan va ushbu jadval YECHLning har bir uchrashuvidan soʻng oʻzgarishi mumkin.
OʻzA