Xalq taʼlimi vazirining maʼlum qilishicha, majburiy toʻldiriladigan hujjatlar oʻqituvchilarda 7 tadan 1 taga, sinf rahbarlarida 10 tadan 2 taga, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlarda 19 tadan 4 taga va psixologlarda 27 tadan 8 tagacha kamaytirilgan.
Vazirlik hujjatlarning batafsil roʻyxatida keltirilgan bekor boʻlgan hujjatlarni hozir toʻldirish zarurati yoʻqligini yana bir bor eslatib oʻtadi.
Oʻqituvchilar ushbu ortiqcha byurokratiyadan boʻshagan vaqtini oʻzi va oʻquvchilari bilimini oshirishga yoʻnaltiradi.
Vazir ortiqcha qogʻozbozlikni yana-da qisqartirish boʻyicha ishlar davom etmayotganini taʼkidlab, “Marhamat, sizning fikringizcha qaysi foydasiz hisobot nima hujjat asosida toʻldirilayotgan boʻlsa, uni ushbu forma orqali bizga yuboring va biz uni oʻrganib, qisqartirish choralarini koʻramiz”, demoqda.
OʻzA