Amaliy tashrif bilan Seulda bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov rahbarligidagi delegatsiya a’zolari Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

– “CJ Group”, “Youngone Corporation”, “Hyundai Motor Group”, Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi, Koreya sanoat federatsiyasi rahbariyati bilan samarali muloqot qildik, – deb yozdi mamlakatimiz TIV rahbari ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida. – Ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarda mavjud va yangi qo‘shma loyihalar amalga oshirishni muhokama qildik.

Kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyo davlatlaridagi hamkasblari bilan birga Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol tomonidan qabul qilindi, mamlakat tashqi ishlar vaziri Cho Txe Yol bilan muzokara o‘tkazdi hamda “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 17-hamkorlik forumida ishtirok etdi.

O‘zA