Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida “LIDER GIPS” investitsiya loyihasi ishga tushirildi.

Umumiy maydoni 2,5 gektarni tashkil etgan loyihaning qiymati 25,5 milliard so‘mni tashkil etib, shundan 1,8 million AQSH dollari xorijiy kredit asosida shakllantirilgan. Yiliga ikki million kv metr gipsokarton ishlab chiqariladigan loyihaning ishga tushirilishi natijasida 18 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Korxonaning ochilish marosimida tuman mutasaddilari hamda nuroniylar ishtirok etib, loyihaning afzalliklari, ish jarayoni bilan tanishdi. Korxonadagi montaj ishlarini Xitoy davlatidan kelgan muhandislar amalga oshirdi. Ishlab chiqarilgan har xil turdagi gipsokarton ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlaydi. Kelgusida qurilish materiallarini eksport qilish ham rejalashtirilgan.

Dovud Abibullayev,  

O‘zA muxbiri