Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ko‘mir ta’minotidagi talon-torojliklar aniqlandi.
Jumladan, “I.T.S.” mas’uliyati cheklangan jamiyat mas’ul shaxslari Taxtako‘pir va Shumanay tumanlaridagi ijtimoiy soha ob’ektlarini issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ko‘mir xarid qilish uchun byudjetdan ajratilgan 1,4 milliard so‘m mablag‘ning 340,8 million so‘mini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.