Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 5-6 noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti XI sammiti o‘tkaziladi. Navbatdagi anjuman uchun “Turk dunyosini mustahkamlash: iqtisodiy integratsiya, barqaror rivojlanish, raqamli kelajak va barcha uchun xavfsizlik” mavzusi tanlangan.

Qirg‘iz Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, rasmiy tadbirlar davomida politsiya xavfsizlik va jamoat tartibi, yo‘l harakati xavfsizligini to‘liq ta’minlaydi. Shaxsiy tarkib yuqori tezlikda xizmat qiladi. Rasmiy va bayram tadbirlari o‘tadigan joylar alohida nazoratga olinadi. Yo‘llarning ayrim qismlarida transport vositalari harakati cheklanadi.

Mamlakat Ta’lim va fan vazirligi ma’lum qilishicha, shu ikki kun oliy o‘quv yurtlari, o‘rta va boshlang‘ich kasb-hunar ta’limi muassasalarida dars jarayoni onlayn-formatga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, TDT tarkibida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya bor, kuzatuvchi davlatlar esa – Turkmaniston va Vengriya. Tuzilma bosh idorasi Istanbulda joylashgan.

G.Sattorova,  

O‘zA