Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Dori-Darmon” Aksiyadorlik kompaniyasining pandemiya davridagi faoliyati” mavzusida matbuot anjumani boshlandi.
“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi yurtimiz aholisi va davolash-profilaktika muassasalarini arzon, sifatli dori vositalari bilan taʼminlayotgan, ulgurji-chakana savdo bilan shugʻullanadi.
Kompaniya tarkibida 7 ta aksiyadorlik va 13 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat, 16 ta nazorat-tahlil laboratoriyasi, 17 ta ulgurji ombor, 2392 ta ijtimoiy dorixona va dorixona shahobchalari faoliyat yuritmoqda.
Kompaniya tomonidan chekka hududlardagi qishloq aholisini dori vositalari bilan taʼminlashni yana-da yaxshilash maqsadida, maxsus jihozlangan, izotermik furgonli “ISUZI” va “DAMAS” avtomobillari negizida 136 koʻchma dorixona faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Ular mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan jadval asosida koʻchma dorixonalar orqali chekka hududlaridagi aholiga kerakli dori vositalari va tibbiy buyumlari yetkazmoqda.
“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi va uning hududiy korxonalari Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga joriy yarim yillikda 54,4 milliard soʻmlik farmatsevtika mahsulotlari yetkazib berdi.
Kompaniya mahalliy farmatsevtika korxonalari hamda 130 dan ortiq xorijlik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, 2019-yilda mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilardan 49,4 milliard soʻmlik, joriy yilning 6 oyida esa 166,0 milliard soʻmlik farmatsevtika mahsulotlar sotib olingan.
Matbuot anjumani davom etmoqda.
OʻzA